Turkiyada yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Yer silkinishi Adana viloyatida kuzatilgan.

Turkiyaning Adana viloyatida 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi.
Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari Saimbeyli hududida mahalliy vaqt bilan 15:46 da (Toshkent vaqti bilan 17:46) qayd etilgan. Zilzila epitsentri: 6,67 kilometr chuqurlikda joylashgan.







