Zelenskiy Artomovsk boy berilganini tan oldi
“Bugun u faqat bizning qalbimizda qoladi”, — degan prezident.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari Artomovskni boy berganini tan oldi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabariga tayanib, «Sputnik» nashri yozmoqda.
Ukraina yetakchisi “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari sammiti bo‘lib o‘tayotgan Yaponiyaning Xirosima shahrida jurnalistlarning Artomovsk hozirda Ukraina harbiylari nazorati ostidami, degan savoliga javob berar ekan, shunday bayonot berdi.
“Menimcha, yo‘q. Bugun u faqat bizning qalbimizda qoladi”, — dedi Zelenskiy.
Kecha, 20 may kuni “Vagner guruhi” asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya kuchlari Artomovskni (Baxmut) to‘liq nazorat ostiga olganini maʼlum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaharni ozod qilishda qatnashgan barcha jangchilarni tabrikladi.
Artomovsk DXR hududida, Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini taʼminlash uchun muhim transport markazidir. Shahar atrofida shiddatli janglar ko‘p oy davom etdi.







