0

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli bola qamaldi

U uch yildan beri “Telegram” orqali turli aqidaparastlik g‘oyalari mavjud maʼlumotlar bilan tanishib kelgan.

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli bola qamaldi

 

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U o‘zininng 58 kishilik Telegram-kanalida turli hil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, tanishlari bilan muhokama qilib kelgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida taqiqlangan diniy mavzudagi materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

 

Sudlanuvchi o‘zining telefonida 2020 yilning mart oyidan buyon muntazam ravishda Telegram messenjeri orqali O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan turli aqidaparastlik g‘oyalari mavjud maʼlumotlar bilan tanishib kelgan.

 

Shundan so‘ng, 58 nafar o‘ziga yaqin tanishlari va boshqa shaxslarni o‘zining shaxsiy Telegram-kanaliga qo‘shib turli xil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, muhokama qilib kelgan. Sud zalida u qilgan ishlaridan pushaymonligini bildirib, kechirib so‘radi.

 

Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlanmagani, sudlanuvchining oilaviy holati hamda mahalladan berilgan kafolat xati inobatga olinib, yigitga Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli bola qamaldi