Jamiyat

Davlatlararo qidiruvda bo'lgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

U do'stining kvartirasini aldov yo'li bilan sotib yuborgani aytilmoqda.

Davlatlararo qidiruvda bo'lgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

 

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida qidiruvda bo‘lgan 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol 21-may kuni kechki soat 7 larda Kolomyajskiy prospektida qo‘lga olingan. 

 

U 2020-yil avgust oyida do‘stining kvartirasini aldov yo‘li bilan 3500 dollarga sotib, pulni o‘z foydasiga o‘zlashtirib yuborgani uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Ayblanuvchi 8-may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan.

Davlatlararo qidiruvda bo'lgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi | Zamon.uz