Endi chaqaloqlarga birato'la QR-kodli sertifikatlar beriladi
Ushbu ma'lumotnoma "metrika"ning o'rniga taqdim etiladi.

2023-yil 1-iyundan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tug’uruqxonaning o’zidayoq tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga QR-kodli sertifikatlar beriladi.
Ushbu ma’lumotnoma:
➖ gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
➖ davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Agar guvohnomaning o’zi kerak bo’lib qolsa, unda fuqarolar istalgan vaqt murojaat qilishganda FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.







