O'zbekiston

Fitoterapiya qaysi kasalliklarga foydali?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Fitoterapiya qaysi kasalliklarga foydali?

 

Shifobaxsh o‘simliklar qadimdan tibbiy muolajalarning asosiy quroli bo‘lib kelgan. Zamonaviy tibbiyotda ham dori preparatlarining 45 foizi o‘simliklardan ajratib olinadi.

 

Fitoterapiyada har bir o‘simlik o‘ziga xos tarzda og‘riqni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, gipotenziya va gipertenziya, yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi va terlatuvchi kabi qator taʼsirlarga ega.

 

Ayniqsa, oshqozon-ichak faoliyatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish va ich surishda samarali qo‘llanib kelinmoqda.

 

Bundan tashqari, qon ketishini va ivishini kamaytiruvchi, bakteriyalarni o‘ldiruvchi fitoterapiya mahsulotlari ham keng foydalaniladi.

 

Bugungi kunda fitoteratsiyaning shifobaxsh xuusiyatlari qator kasalliklarni davolashda qo‘l kelmoqda:

 

—gastrit;

—oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi;

—xoletsistit;

—kolit va enterokolit;

—piyelonefrit;

—neyrotsirkulyar distoniya;

—nevroz va asteniya shular jumlasidandir.

 

Shifobaxsh o‘simliklar natijasida moddalar almashinuvi va qon tarkibidagi xolesterin miqdorini meʼyorlashtiradi.

 

O‘z navbatida, arterial qon bosimi bir meʼyorda bo‘lishi, yurakda va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanishi, asablarni bo‘shashtirib uyqusizlikni bartaraf etish ham fitoterapiyaning ijobiy samaralaridandir.

 

Isteʼmol qilinadigan ko‘katlar va ziravorlar organizmga qo‘shimcha quvvat beradi. Agar fitoterapiya o‘z o‘rnida qo‘llanilsa, qo‘shimcha muolaja sifatida rivojlanish xavfi bo‘lgan kasalliklarni boshlanmasdan bartaraf etish mumkin.

 

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"