Eng dolzarb

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnoma berish boshlandi

Ma'lum bo'lishicha, shu yilning sentabrida Premier Plus va Redline komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnoma berish boshlandi

 

➖Chevrolet Tracker

Avvalgi komplektatsiyalar:

LS - 211 454 880 so'm;

LTZ - 231 196 000 so'm;

Premier - 251 142 080 so'm;

 

Yangilangan komplektatsiyalar:

 

LS Plus - 223 824 160 so'm;

LTZ Plus - 246 981 280 so'm;

Premier Plus - 276 016 160 so'm;

Redline - 285 834 080 so'm.

 

➖Chevrolet Onix

 

Avvalgi komplektatsiyalar:

Premier 1 - 207 347 000 so'm;

Premier 2 - 214 748 000 so'm;

Yangilangan komplektatsiyalar:

Premier 2 Plus - 221 640 160 so'm;

Redline - 230 624 800 so'm.

 

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha,

 

“Monopolist Uzauto motors'ning nayranglari qirq eshakka yuk bo‘ladi. Shaytonga dars beradi, lekin ommaga doim o‘zini farishta ko‘rsatishga urinadi.

Ertadan go‘yoki "odoljeniye" qilib Onix uchun narxlarni oshirmay kontraktatsiyani tiklayotgan monopolist shu bahonada 149 mln. so‘mdan 159 mln. so‘mgacha bo‘lgan eng arzon mexanika korobka, shuningdek, 185 mln so‘mlik bazaviy avtomat korobka modifikatsiyalarini kontraktatsiya ro‘yxatidan butkul olib tashlamoqda.

O‘tgan yili noyabrda Onix uchun sotuvlar boshlanganida mazkur, nisbatan arzon modifikatsiyalar uchun shartnoma topish o‘ta mushkul bo‘lsa-da, imkonli edi. 2023-yil yanvarida Onix'ning arzon modellari uchun kontraktatsiya yopilgani bo‘yicha qayta tiklanmadi. Mana endi esa rasman, de-yure bekor bo‘lmoqda.

Monopolistning o‘rta va quyi daromadli iste’molchilarni jazolashga va xo‘rlashga qaratilgan bu usuli ilgariroq Spark va Neksiya-3 sotuvlarida ham qo‘llanilgan”, — deb yozadi Bakirov.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnoma berish boshlandi | Zamon.uz