Salomatlik

JSST rahbari "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash aʼlochisi" bo‘ldi

Ko‘krak nishoni Tedros Gebreyesusga Jenevada taqdim etildi.

JSST rahbari "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash aʼlochisi" bo‘ldi

 

Amrillo Inoyatov Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi. 

 

Muloqotda asosiy eʼtibor mamlakatimizda ushbu tashkilot ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratildi.

 

A.Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun T.Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi.

 

JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishini taʼkidladi.

 

Muloqot yakunida JSST bilan O‘zbekistonning samarali hamkorligini taʼminlashga qo‘shayotgan hissasi uchun Tedros Gebreyesusga "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.