Jamiyat

Sirdaryodagi YTHda Damas majaqlanib ketdi

Avtomobil yuk mashinasi bilan to'qnashgan.

Sirdaryodagi YTHda Damas majaqlanib ketdi

 

24-may kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Damas tiklab bo‘lmas darajaga keldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Unga ko‘ra, holat 24-may kuni soat 02:20 larda Mirzaobod tumani, “Dehqonobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 21,6 kilometrida sodir bo‘lgan. Termiz—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Damas shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashgan.  

 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryodagi YTHda Damas majaqlanib ketdi | Zamon.uz