Jahon

Qirg‘izistonda amaldor korrupsiyaga yo‘l qo‘ysa, shipshiydam qolishi mumkin

Mamlakat maxsus xizmatlari rahbari korrupsiyaga qarshi choralar haqda maʼlumot berdi.

Qirg‘izistonda amaldor korrupsiyaga yo‘l qo‘ysa, shipshiydam qolishi mumkin

 

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbari Qamchibek Tashiyev korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirdi. Bu haqda u Facebook akkauntida yozgan. 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Qirg‘iziston rasmiylari bunday jinoyatlarga qarshi faol kurash olib bormoqda.

 

Ushbu kurash uch bosqichni o‘z ichiga oladi:

 

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashni tizimlashtirish, asosiy yo‘nalishni aniqlash;

  2. Jinoyatlar uchun jazoni qonunchilik darajasida kuchaytirish;

  3. Tushuntirish ishlari, shuningdek, axborot taʼminotini olib borish.

 

"Hozircha faqat birinchi bosqich yakunlandi. Bu 2-3, maksimal 6 oy davom etadi deb o‘ylagandik. Ayni vaqtda 2,5 yildan beri jinoyatchilikka qarshi kurashyapmiz, bu esa katta kuch va sabr-toqatni talab etadi", — dedi u.

 

Tashiyev samarali jazo sifatida konsessioner mansabdorlarning davlatga yetkazilgan zararni qoplash va “yengil” jazo bilan qutulishiga yo‘l qo‘ymaslikni, balki javobgarlikni sezilarli darajada oshirish va sud qarori bilan jinoyatchilarning barcha mol-mulkini musodara qilishni taklif qildi.

 

"Kurashning ikkinchi bosqichi bir yoki ikki yilga cho‘zilishi mumkin. Bu juda qiyin bo‘ladi, men hamma narsadan voz kechishim kerak — oila, qarindoshlar, do‘stlar. Biroq, hech kim noqonuniy tarzda javobgarlikka tortilmasligi kerak. Biz faqat birgalikda kuchli va adolatli davlat qura olamiz", — deb yozdi maxsus xizmatlar rahbari Facebook‘dagi sahifasida.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"