0

“Yoshlar” telekanali boshlovchisi hayotdan ko‘z yumdi

Nozima Mahmudova yurak operatsiyasi jarayonida vafot etgani aytilmoqda.

“Yoshlar” telekanali boshlovchisi hayotdan ko‘z yumdi

 

“Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturi teleboshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova vafot etdi. Bu haqda uning hamkasblari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida maʼlum qildi.

 

Aytilishicha, kecha, 26-may kuni Nozima Mahmudova yurak operatsiyasi jarayonida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Maʼlumot uchun, Nozima Mahmudova O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida taʼlim olgan. Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Yoshlar” telekanalida ishlab kelayotgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"