Ta'lim

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga direktor tayinlandi

Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga direktor tayinlandi

 

Vohid Hamidov ushbu lavozimda faoliyat olib boradi.

 

Eslatib oʻtamiz, 20-aprel kuni “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori [PQ-128-son] qabul qilingandi. Qaror bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi) tashkil etilgandi. Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

 

Respublika markazi, jumladan:

 

  • taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
     
  • maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi.

 

Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Respublika markaziga prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

 

Respublika markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi.

 

Qarorga koʻra, vakolatli davlat organlari maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarini litsenziyalash, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni Respublika markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"