Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokati yuz berdi
Qurbonlar soni 233 kishiga, jarohatlanganlar esa 900 nafarga yetgani aytildi.

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, uning vagonlarining bir qismi qo‘shni relslarga quladi va yana bir yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.
Bu Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokatidir. Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi kutilmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqeadan qayg‘uda ekanligini aytdi.
"Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda", — deb yozdi u Twitter‘da.
Shtatda motam kuni eʼlon qilingan.
Hindistondagi eng dahshatli temir yo‘l halokati 1981 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda Bihar shtatidagi siklon paytida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, daryoga qulagan va kamida 800 kishi halok bo‘lgan.







