Jahon

Kaxovka GESidagi falokat: 40 mingdan ortiq odam suv toshqini xavfi ostida

Ukraina Bosh prokurori maʼlum qilishicha, hukumat 17 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilmoqda.

Kaxovka GESidagi falokat: 40 mingdan ortiq odam suv toshqini xavfi ostida

 

Xerson viloyatining 40 mingdan ortiq aholisi Rossiya bosqinchi armiyasi tomonidan Kaxovka GES to‘g‘onini vayron qilishi natijasida suv toshqini xavfi ostida qoldi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin Twitter‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

 

Ukraina bosh prokurori Yevropa Ittifoqining adliya bo‘yicha komissari Dide Rayners bilan suhbatda bo‘lib, unga Kaxovka GESining vayron bo‘lishi oqibatlari haqida gapirib berdi.

 

"40 mingdan ortiq odam suv toshqini xavfi ostida. Ukraina hukumati 17 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilmoqda. Afsuski, Rossiya nazorati ostidagi hududda 25 mingdan ortiq tinch aholi vakillari bor", — deydi Kostin.

 

Andery Kostinning taʼkidlashicha, Xerson viloyatining ruslar tomonidan egallab olingan hududlaridagi aholi evakuatsiya qilinmagan. Kostin Rossiyaning harakatlariga javoban Yevropa va jahon hamjamiyatining adekvat munosabati bo‘lishiga umid bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha 6 iyun kuni Xerson viloyatidagi Kaxovska GES to‘g‘oni portlatib yuborildi. Buning natijasida hududlarni suv bosa boshlagandi. 

 

Novaya Kaxovka qishoq maʼmuriyatining taʼkidlashicha, 7 kishi suv toshqini natijasida bedarak yo‘qolgan. Hozircha, GES to‘g‘onini kim portlatib yuborgani haqida aniq maʼlumot yo‘q. Ukrainaning iddao qilishicha, bu ishni Rossiya kuchlari amalga oshirgan. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"