Jahon

Gaitida suv toshqinidan keyin zilzila yuz berdi

3 kishi vayronalar ostida qolib, qurbon bo‘lgan.

Gaitida suv toshqinidan keyin zilzila yuz berdi

 

Gaitining Jeremi shahrida zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bir necha kun avval suv toshqini oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

 

AQSH Geologik xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, kuni kecha Gaitida 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Bu kuchli yomg‘irdan keyin qayd etilgan. Natijada, 13 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

 

Bosh vazir Ariel Anrining aytishicha, uning hukumati va xalqaro hamkorlari toshqin bilan kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rmoqda.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi suv toshqini tufayli uy-joyini tashlab ketganlarni issiq ovqat bilan taʼminlashni boshlashini maʼlum qildi.

 

Gaiti rasmiylarining aytishicha, halok bo‘lgan uch kishining uyi qulaganda vayronalar ostida qolgan. Shuningdek, o‘ndan ortiq odam jarohatlangan.

 

Jeremi — Grand Ans departamentining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq shaharchasi. Bu hudud ikki yil avval zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan va 2200 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"