Sevgan qizini yalang‘och rasmlarini tarqatmoqchi bo‘lgan “kuyov bola” qo‘lga olindi
Yigit sevgan qizi boshqa yigit bilan unashtirilganligini sababli ushbu ishga qo‘l urgan.

Jizzax shahrida yashovchi qiz IIVga murojaat qilib, sevgan yigiti, uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga undan 800 AQSH dollari talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
Aniqlanishicha, yigit Jizzax shahrida yashovchi 19 yoshli shaxs ekanligi, u qiz bilan sevishib, ishqiy munosabatda bo‘lgan vaqtlarida unga uylanish istagi borligini aytib, ishonchiga kirish orqali, yashirin tarzda uni kiyimsiz holatda foto va video tasvirga olgan.
Shundan so‘ng, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, yigit sevgan qizini boshqa yigit bilan unashtirilganligini eshitganidan keyin o‘zida mavjud bo‘lgan qizning uyatli video tasvirlar va rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborib, uni nikoh to‘yini buzish bilan qo‘rqitgan hamda undan 800 AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, yigit kelishilgan 800 AQSH dollarining bir qismi sifatida taqdim etilayotgan
4 million so‘m pullarni olgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, ushbu shaxs tomonidan tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.







