Jahon

Ukrainada qulagan GES o‘rnida yangisi quriladi

Loyiha bir milliard yevroga tushishi mumkin.

Ukrainada qulagan GES o‘rnida yangisi quriladi

 

Vayron bo‘lgan Kaxovka o‘rnida yangi GES quriladi va to‘g‘onning buzilishi uchun aybdorlar sudda javobgarlikka tortiladi. Bu haqda «Ukrgidroenergo» rahbari Igor Sirota va huquqshunos Karen Galmi maʼlumot berishdi.

 

Kaxovka GESini yo‘q qilishning uchta asosiy versiyasi mavjud. Stansiya joylashgan hududni nazorat qilayotgan Rossiya voqeani Ukraina harbiylari tomonidan qilingan “sabotaj” deb atamoqda. O‘z navbatida, Kiyev Moskvani GESni ataylab buzganlikda ayblaydi. Bundan tashqari, baʼzi kuzatuvchilar o‘qqa tutilgan to‘g‘on har ikki tomon uchun ham kutilmaganda qulab tushgan bo‘lishi mumkin degan versiyani ilgari surishmoqda.

 

“Ishg‘oldan keyin Kaxovka suv ombori kerakli suv darajasini tiklash uchun to‘sib qo‘yildi va shu joyda yangi GES qurilishi boshlanadi. Avvalo, aholini suv bilan taʼminlash, keyin esa bir vaqtning o‘zida yangi stansiya qurish bo‘yicha texnik ishlarni bajarish kerak”, — dedi Sirota.

 

«Ukrgidroproekt» loyiha instituti allaqachon Kaxovka suv omborini yopish bo‘yicha dastlabki qarorlarni tayyorlamoqda, ular yaqin uch-to‘rt kun ichida tayyor bo‘ladi.

 

Ko‘prik va temiryo‘l liniyasi bo‘lgan yangi GES qurilishi kamida besh yil davom etadi.

 

“GES infratuzilmasining qulflash tizimi va boshqa qismlari shikastlanganini hisobga olsak, yangi stansiya qurilishiga kamida milliard yevro kerak bo‘ladi”, — deb hisoblaydi Igor Sirota.

 

Turbinalarda ham, transformatorlarda ham mashina moyi bo‘lgan: zaxirada maksimal 450 tonna xomashyo bor bo‘lgan. 150 tonnadan ortiqroq moy daryoga tushgan. Qolgan neft katta ehtimol bilan Qora dengizga tushadi.

 

Professor Karen Galmining so‘zlariga ko‘ra, Kaxovka GESi bilan bog‘liq vaziyatda shubhasiz, keng ko‘lamli oqibatlar haqida gapirish mumkin. Ammo bu norma asosida atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun qonuniy javobgarlikka tortish juda qiyin.

 

“Kaxovka GESining to‘g‘oniga ataylab qilingan hujum har qanday holatda ham noqonuniy bo‘ladi, hatto Rossiya tomoni buni o‘zini Ukraina hujumidan himoya qilish uchun qilgan deb daʼvo qilsa ham”, —  deya tushuntiradi Gelmi.

 

Ekspertga ko‘ra, urushda agar tomonlardan biri bosqinchi bo‘lsa, uning nazorati ostidagi fuqarolik obyektlari xavfsizligi uchun javobgarlik darajasi yuqoriroq bo‘ladi. Shu bilan birga, Jeneva konvensiyalariga muvofiq bosqinchi tinch aholini himoya qilish uchun javobgardir.

 

Professor xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashi to‘g‘onni qasddan buzishga aloqadorligi isbotlansa, Rossiyani javobgarlikka torta olishiga ishonchi komil emas.

 

“O‘tgan asrning 90 yillari boshida Iroq Quvaytga hujum qilganda BMT Xavfsizlik Kengashi bunga to‘g‘ri munosabat bildirgan. Agressiya nafaqat qoralangan, balki xalqaro komissiya ham tuzilgan. Tovon undirish uchun yetkazilgan zarar baholangan. Ammo bu gal bunday bo‘lmaydi, chunki gap Xavfsizlik Kengashiga aʼzo bo‘lgan Rossiya haqida ketmoqda”, — deydi u.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"