Ta'lim

Abituriyentlar endi imtihon javobi chiqqach yo‘nalish tanlashlari mumkin

Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vaziri qabul jarayonlarida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida maʼlumot berdi.

Abituriyentlar endi imtihon javobi chiqqach yo‘nalish tanlashlari mumkin

Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov abituriyentlar test natijalari maʼlum bo‘lganidan so‘ng yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda maʼlum qildi.

 

Abdurahmoning aytishicha, kelgusi yillarda OTMlarga qabul jarayonida bir qator o‘zgarishla bo‘lishi kutilmoqda

 

«Abituriyent o‘qishga hujjat topshirayotganda 5 ta yo‘nalishni tanlaydi. Imtihondan o‘tgach, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatini beramiz. Bu keyingi o‘quv yilidan boshlanishi mumkin. Hozir shuning ustida ishlayapmiz. Albatta, bu yangilik bo‘ladi», – dedi Abdurahmonov.

 

Vazir ushbu qarorni abituriyentlar imtihonga oz qolganda fikrini o‘zgartirib, yo‘nalishini o‘zgartirishni so‘rab qolish holatlari ko‘paygani bilan izohlagan.

 

«Bunday muammolar bor. Abituriyent yo‘nalishini o‘zgartirishini so‘rab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun yangi tartib haqida o‘ylayapmiz», – dedi vazir.

custom img

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

custom img

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"