Jamiyat

Samarqandda YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi

Shuningdek, yana bir fuqaro kasalxonaga olib ketilgan.

Samarqandda YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi

 

Samarqand viloyati Urgut tumanida Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi va uch nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Aniqlanishicha, voqea 8-iyun kuni soat 19:30 lar atrofida Urgut tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

 

Maʼlum qilinishicha, haydovchi o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinani “Urgut-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “KamAZ” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

 

Oqibatda Cobalt haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, “KamAZ” haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqandda YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi | Zamon.uz