Salomatlik

Hayotda bir marta bo‘lsa ham Kapadokiyaga tashrif buyurishingiz uchun beshta sabab

Kapadokiya Turkiyaning eng jozibali mintaqalaridan biri.

Hayotda bir marta bo‘lsa ham Kapadokiyaga tashrif buyurishingiz uchun beshta sabab

 

Kapadokiya, mo‘jizakor tabiiy go‘zalligi va tarixiy obektlari bilan sayyohlarni o‘ziga tortadigan Turkiyaning eng jozibali mintaqalaridan biridir. Bu «ertaklar shahri» o‘zining g‘orda joylashgan mehmonxonalari, rang-barang havo sharlari, ming yillik uzumchilik va kulolchilik meroslari bilan har mavsumda o‘ziga xos tajribalarni taqdim etadi. Quyida Kapadokiyaga sayohatni o‘tkazib yubormaslikning beshta sababi bilan tanishamiz.

 

Kapadokiya ramzi: «Peri mo‘rilari»

 

Kapadokiya haqida o‘ylanganda birinchi bo‘lib hayolga keladigan tasvir «Peri mo‘rilari»dir. Kapadokiya ramzi bo‘lgan bu qadimiy qoya shakllarini mintaqaning istalgan joyidan ko‘rish mumkin. «Peri mo‘rilari»ning eng yaxshi namunalari Pashabog‘da joylashgan bo‘lib, u yerda “shlyapasimon” konus shaklidagi yuzasi qattiq toshlardan tashkil topgan namunalarni uchratish mumkin. Ushbu tosh shakllarining hayratlanarli ko‘rinishidan bahramand bo‘lishning eng yaxshi usuli bu issiq havo shari orqalidir. Quyosh ko‘kka ohista ko‘tarilayotganda, siz oyoqlaringiz ostidagi Kapadokiya ajoyibotlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz.

 

G‘or mehmonxonalarida o‘z xonangizni band qiling

 

Kapadokiyaning «G‘or mehmonxona»sida qolish o‘z tashrif buyuruvchilarga taqdim etadigan eng unutilmas tajribalardan biridir. G‘or mehmonxonalarining o‘ziga xos arxitekturasi va dizayni joyning jozibadorligini oshirib, uni sayohatchilar tashrif buyurishi zarur bo‘lgan manzilga aylantiradi. 

 

G‘aroyib yer osti shaharlari sizni o‘tmishga yetaklaydi

 

Kapadokiyada miloddan avvalgi II ming yillikda yashab o‘tgan Xetlar davriga oid qoldiqlar mavjud. Xususan, 1985-yildan beri YUNESKO‘ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Go‘reme ochiq osmon ostidagi muzey qoyalarga o‘yilgan muqaddas joylar va ilk nasroniylik davrining muhim manzaralarini aks ettiruvchi freskalari bilan diqqatga sazovordir. Shuningdek, yer osti shaharlari Kapadokiya sayohatlarining qiymatini yana-da oshiradi. Milodiy VII-VIII asrlarda paydo bo‘lgan bu shaharlardan ilk nasroniylar ham ibodat qilish maqsadida foydalanganlar. Kaymakli, Derinkuyu, O‘zkonak va Mazi kabi yer osti shaharlari o‘nlab yillar davomida saqlanib qolgan va chuqurlikdagi xonalari, ovqatxonalar, cherkovlar va oziq-ovqat omborlari bilan mintaqa aholisining «yer osti» hayoti haqida tushuncha beradi. 

 

Kapadokiyaning diqqatga sazovor joylari: ulkan havo sharlari bilan sayohat va boshqalar

 

Kapadokiya deganda sayyohalrning ko‘z o‘ngiga eng birinchi kelgan manzara, albatta, havo sharlari bilan bog‘liq sayohatlardir. Agar siz Kapadokiyani piyoda kashf qilmoqchi bo‘lsangiz, mintaqaning hayajonli yurish yo‘llari juda sizga juda mos keladi. Kapadokiya, «go‘zal otlar mamlakati»ni, shuningdek, hududga qarashli mahalliy otlarga minish orqali ham o‘rganish mumkin. Kulolchilik Kapadokiya o‘z tashrif buyuruvchilarga taqdim etadigan yana bir imkoniyatdir. Qizilirmak daryosi bo‘ylaridan olingan yumshoq va yog‘li loylari bilan mashhur Avanosdagi kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurish, qiziqarli mashg‘ulotlaringizning bir qismi bo‘lishi mumkin.

 

Noyob gastronomiya tajribalari

 

Hatto eng oddiy taomni ham “sanʼat” darajasida tayyorlaydigan Kapadokiya mahalliy oshpazlari, eng noziktaʼb sayohatchilarning ham qalbiga yo‘l topa oladi. Testi kabobi Kapadokiya oshxonasining tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlaridan biridir. Kapadokiyaga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadigan boshqa mintaqaviy taomlar orasida guvech, zarcho‘va bilan pishirilgan guruch pudingi, Nevshehir mantisi va quyuq qaymoq bor. Kapadokiya ming yillar davomida chuqur ildiz otgan vinochilik merosiga ega, shu sababli barcha sayohatchilar endemik mahalliy uzum vinolarini tatib ko‘rishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"