Surxondaryoda sevgilisining behayo suratlarini tarqatmoqchi bo‘lgan yigit ushlandi
Yigitga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoning Termiz tumanida yashovchi O.H. ismli qiz Termiz shahri “Navro‘z” mahallasida yashovchi Shokir Panjiyev bilan tanishib qoladi hamda u bilan biroz muddat ishqiy munosabatda bo‘ladi. Shundan so‘ng, Sh.P. ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan yalang‘och holatdagi foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborishligini aytib, O.H. ni qo‘rqita boshlaydi.
Yigit qizdan video va fotolarni tarqatmaslik evaziga 1,5 mln so‘m miqdorida pul talab qilgan.
IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, O.X.ning arizasiga asosan viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yigit qizdan 1,5 mln so‘m pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda yigitga nisbatan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.







