Jahon

Shri-Lankada noodatiy rekord qayd etildi

Bemorning buyragidan 800 grammlik tosh olindi.

Shri-Lankada noodatiy rekord qayd etildi

 

Ginnesning rekordlar kitobi noodatiy yutuqni qayd etdi. Shri-Lankada shifokorlar bemorning buyragidan dunyodagi eng katta toshni olib tashlashga muvaffaq bo‘lishdi.
 

Operatsiya Kolombo armiyasi gospitali xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Toshning uzunligi 13 santimetrdan bir oz ko'proq, og'irligi esa 801 grammni tashkil etgan.

 

Qayd etilishicha, bemor sobiq harbiy xizmatchi, 60 yoshli erkak. Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u ikki hafta oldin oshqozonida qattiq og‘riq sezgan. Shundan so`ng shifokorlarga yordam so'rab murojaat qilgan. Shifokorlar buning sababi urolitiyoz ekanligini aniqlashgan. Operatsiyadan so‘ng erkak o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Yevropa Tojikistondan norozi: Putin tashrifi ortidagi siyosiy mojaro

Vladimir Putin Tojikistonga tashrif buyurdi. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgan Rossiya prezidentini Dushanbe hibsga olmadi. Buning ortidan Tojikiston Rim statutidan chiqish haqida BMTga rasmiy bildirishnoma yubordi.

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Eron muzokaralardan bosh tortdi: AQSh yetti shartga rozi bo‘lishi kerak

Tehron yangi tajovuzkor harakatlar sodir etilsa, harbiy operatsiyalar geografiyasini kengaytirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiyaliklarga Shengen vizasi olish qiyinlashishi mumkin: harbiy guvohnoma ham so‘raladi

Rossiya armiyasi yoki unga aloqador qurolli guruhlarda xizmat qilgan shaxslar uchun kirish taqiqlanishi mumkin.

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi

Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.