Iqtisodiyot

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi

Shuningdek, hunarmandlarga qo‘shimcha imtiyozlar ham beriladi.

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi

 

Prezidentning “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

Unda “Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifasi – hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, hunarmandchilikning yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolishi belgilangan.

 

Hujjatga binoan, 2025 yil 1 yanvarga qadar “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi hamda tovar belgilarini milliy ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

 

2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

 

Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlandi. 2023 yil 15 iyundan boshlab hunarmandchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxati;

 

hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati;

 

2023–2024 yillarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar ro‘yxati.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari sifatida jo‘natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo‘natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi, shuningdek, davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi.

 

2024 yil 1 martga qadar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o‘z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bunda har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan joylar ijaraga beriladi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi | Zamon.uz