Jahon

Tarix davomida o‘nlab sivilizatsiyalar beshigi bo‘lgan — Antaliya

Antaliya va uning eng qadimiy shaharlari o‘ntaligi.

Tarix davomida o‘nlab sivilizatsiyalar beshigi bo‘lgan — Antaliya

 

Tarix davomida o‘nlab sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan, ushbu sivilizatsiyalarning izlarini bugungi kunga qadar asrab-avaylagan va mazkur izlarni o‘z ziyoratchilariga taqdim etib kelayotgan Antaliyada tomosha qilish kerak bo‘lgan o‘nlab tarixiy meroslar mavjud. Quyida ular bilan batafsil maʼlumot beriladi.

 

Kaleichi

 

Antaliyaning shahar markazida joylashgan va butik mehmonxonalar, tarixiy asarlar, muzeylar, maxsus loyiha asosida qurilgan do‘konlar, zamonaviy kafe va restoranlarga ega bo‘lgan Kaleichining ichi va tashqarisi taqasimon devorlar bilan o‘ralgan. Devorlar Rim, Vizantiya, Saljuqiylar va Usmoniylar davrlarining qo‘shma asari deb hisoblanadi. Devorlari orasida tomi sopol plitkalar bilan qoplangan 3000 ga yaqin uy bor.

 

Devordan tashqaridagi Kaleichi meʼmorchiligida Usmonli meʼmorchiligining izlari saqlangan. Uylarning o‘ziga xos tuzilmalari nafaqat Antaliyaning arxitektura tarixi haqida tasavvur beradi, balki mintaqaning turmush tarzi, anʼanalari va urf-odatlarini yorqin aks ettiradi. Kaleichiga Hadrian darvozasi orqali kirish mumkin. Bu Antaliyadagi eng yaxshi saqlanib qolgan tarixiy binolardan biridir. Rim asari sanalgan ushbu darvoza milodiy 130 yilda Rim imperatori Hadrian tomonidan qurilgan.

 

Kaleichidagi eng muhim asarlardan biri Yivli minora majmuasidir. Majmuadagi asosiy inshootlar quyidagilardir: Yivli minorasi, Yivli masjidi, G‘iyosiddin Kayhusrav madrasasi, Saljuqiy madrasasi, Mavlaviyxona, Zenjirkiran maqbarasi va Nigar Xotun maqbarasi. Yivli minorasi Antaliyadagi birinchi islomiy inshootlardan biri hisoblanadi. U VIII asrga oid saljuqiy asaridir.   

 

Kaleichining janubida tarixiy kema porti joylashgan. Xavfsiz ko‘rfazda joylashgan portga o‘nlab kruiz qayiqlari langar tashlagan holda sayohatchilar xizmatiga muntazir. Atrofdagi qoyalarni va sharsharalarni ko‘rish uchun ushbu qayiqlar bilan har kuni sayohat qilish mumkin.

 

Qadimgi shaharlar:

 

Perge 

 

Perge Antaliya shahar markazidan 18 km sharqda joylashgan. Aksu (Kestros) daryosi qadimda shaharning geografik joylashuvini juda qimmatli qilgan unsurlardan biri edi. Ayni vaqtda, shahardagi qishloq xo‘jaligining tiriklik manbai ham edi. Qadimiy shaharda olib borilgan qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilgan noyob asarlar Antaliya muzeyida namoyish etilmoqda. 

 

Termessos

 

Antaliyadan 30 km shimoli-g‘arbda joylashgan Termessos Turkiyaning eng yaxshi saqlanib qolgan qadimiy shaharlaridan biridir. Shahar go‘zal tabiati va tarixiy obidalari tufayli Milliy bog‘lar tarkibiga kiritilgan. Buyuk Iskandar qamaliga qarshi Termessosliklarning kuchli mudofaasi bilan tanilgan shahar, Pisidiya hududidagi Milyas deb nomlangan qismida joylashgan. Vizantiya davri va undan keyingi davrga oid manbalarda shahar haqida hech qanday maʼlumot uchratishning imkoni yo‘q.

 

Faselis

 

Kemerdan 18 kilometr, Antaliyadan 58 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Faselis (Phalesis) qadimiy shahriga miloddan avvalgi VII asrda Rodeziya mustamlakachilari tomonidan asos solingan. Shaharning geografik joylashuvi uning muhim port shahri bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shahar biri yarim orolning shimolida, ikkinchisi shimoli-sharqda va uchinchisi janubi-g‘arbiy sohilda joylashgan uchta portga ega.

 

Olimpos

 

Antaliyaning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Faselisdan keyingi ikkinchi muhim port shaharlaridan biri. Antaliya shahar markazidan 85 kilometr, Kemer tumani markazidan esa 45 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Shahar o‘z nomini Toros tog‘larining g‘arbiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, shimoldan 16 kilometr uzoqlikda bo‘lgan 2375 metr balandlikdagi Tahtali tog‘idan olgan. Beydag‘lari - Olimpos milliy bog‘i chegaralarida joylashgan. Shaharning aniq tashkil etilgan sanasi nomaʼlum.

 

Mira

 

Antaliya shahar markazining 200 km janubi-g‘arbida, Kashning esa, 45 km janubi-sharqida joylashgan Mira tarixiy shahri hozirgi Demre tumani chegaralari ichida xuddi shu nomdagi tekislikda qurilgan. Mira qadimiy shahri, ayniqsa, Likiya davri qoyatosh qabrlari, Rim davri teatri va Vizantiya davridagi aziz Nikolay cherkovi bilan mashhur.

 

Simena

 

Kash va Demre tumanlari orasida joylashgan, Antaliyadan 195 km janubi-g‘arbida bo‘lgan qadimgi Simena, hozirda Kaleko‘y nomi bilan tanilgan, Likiyaning qirg‘og‘idagi kichik shaharcha edi. Ushbu shaharcha eramizdan avvalgi IV asrdan beri yashab kelayotgan strategik nuqta bo‘lgan. Bu xususiyatni eng yorqin aks ettiruvchi xaroba bugungi kungacha saqlanib qolgan. Qalʼadan Kekova va uning atrofidagi eng mukammal manzaralarni tomosha qilish mumkin.

 

Arikanda

 

Finike shahar markazidan 30 kilometr shimolda va Antaliya shahar markazidan 140 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan qadimiy Arikanda shahrining nomi Likiya tilida Ary-ka-vanda bo‘lib, «baland qoya yonidagi joy» degan maʼnoni anglatadi. Shahar nomining filologiya nuqtai nazaridan Onado‘li tilini aks ettirishi Arikandaning mintaqadagi eng qadimgi shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi.  

 

Patara

 

Kashning taxminan 40 km g‘arbida, Antaliya shahar markazidan taxminan 200 km g‘arbda, Xanthos vodiysining janubi-g‘arbiy uchida joylashgan Patara antik shahri Likiyaning eng muhim va eng qadimgi shaharlaridan biridir. 1988 yildan beri qazish ishlari olib borilayotgan qadimiy Patara shahri, arxeologik va tarixiy qadriyatlari bilan katta ahamiyatga ega, shuningdek, O‘rta Yer dengizi toshbaqalari bo‘lgan Saretta-Sarettalarning millionlab yillar davomida tuxum qo‘yib ko‘paygan noyob sohillarga egalik qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Aspendos

 

Antaliya shahar markazidan taxminan 45 km sharqda joylashgan Aspendos nafaqat Onado‘lida, balki butun O‘rta Yer dengizi dunyosida eng yaxshi saqlanib qolgan Rim teatri bilan mashhur. Shahar mintaqadagi eng yirik daryolardan biri bo‘lgan Ko‘pruchay (qadimgi Eurymedon) yaqinidagi tepalik tekisligida qurilgan. Shaharga tegishli boshqa binolarning qoldiqlari teatr suyangan tepalikdagi tekislikda joylashgan. Shaharning gullagan davri, shubhasiz, mashhur teatr va suv yo‘llari qurilgan Rim Imperatorlik davridir.

 

Side

 

Antik davrda Pamfiliyaning eng muhim port shahri bo‘lgan Side, Antaliyadan 80 kilometr sharqda va Manavgatdan 7 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, kengligi 350-400 metr bo‘lgan yarim orolda barpo etilgan. Side miloddan avvalgi VII asrda aholi punktiga aylandi. Miloddan avvalgi VI asrda u butun Pamfiliya va Lidiya qirolligining hukmronligi ostiga o‘tdi. Buyuk Iskandar hukmronligi ostida bir muncha vaqt mavjud bo‘lgan shahar, Iskandar vafotidan keyin Ellinistik davr podshohliklari o‘rtasida qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. Shahar keyingi davrlarda Pergamon qirolligi, Rim va Sharqiy Rim imperiyasi tasarrufida bo‘lgan.

 

Alaniya qalʼasi

 

Alaniya shahar markazida joylashgan, dengiz va quruqlikdan yetib borilishi qiyin bo‘lgan tabiiy himoyalanganligi tufayli tarixdan hozirgi kungacha saqlanib qolgan Alaniya qalʼasi, Onado‘lini bezab turgan yuzlab qalʼalardan bugungacha yetib kelgan o‘rta asrga oid qalʼalaridan biridir. Qalʼa 6,5 ​​kilometr uzunlikdagi devorlari, 140 dan oshiq minoralari, 400 ga yaqin sardobalari, muhtasham, yozuvli va bezakli darvozalari bilan ochiq osmon ostidagi muzeyning o‘zginasidir.

custom img

Rossiyada ayrim zapravkalarda amaldorlarga benzin navbatsiz berilmoqda

Saratov, Krasnodar, Chelyabinsk va Volgograd viloyatlaridagi ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalarida davlat xizmatchilariga navbatsiz yoki xizmat guvohnomasi asosida benzin sotilayotgani aytilmoqda.

custom img

Damashqda Adliya saroyi yaqinidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ayrim fuqarolar portlashga sobiq Prezident Bashar Asadning tarafdorlari aloqador ekanini aytmoqda.

custom img

O‘zbekiston delegatsiyasi Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrif buyurdi.

custom img

AQSH Nigeriyadan harbiylarining asosiy qismini olib chiqdi

AQSH Nigeriyada ISHIDga qarshi bir necha oy davom etgan qo‘shma harbiy operatsiya yakunlangach, mamlakatga yuborilgan harbiy xizmatchilarining asosiy qismini olib chiqdi.

custom img

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi jarlikka quladi: kamida 40 kishi halok bo‘ldi

Yana 8 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

custom img

“Eron AQShning deyarli barcha talablariga rozi bo‘ldi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralarda muhim siljish kuzatilayotganini bildirib, yakuniy kelishuvga yaqin qolinganini aytdi.

custom img

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2595 kishiga yetdi

Zilziladan buyon vayronalar ostidan 6462 kishi tirik qutqarilgan.

custom img

Tailandda dahshatli YTH: 11 yoshli bola rohiblar guruhini urib yubordi

Bola 34 nafar rohiblar ketayotgan guruhni urib yuborgan, halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"