0

Chechen jangchilari "Vagner"ga qarshi kurashish uchun to‘qnashuv chiziqlariga joylashtirilmoqda

Ramzan Qodirov hozirda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar qonli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Chechen jangchilari "Vagner"ga qarshi kurashish uchun to‘qnashuv chiziqlariga joylashtirilmoqda

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Vagner” jangchilari tomonidan Rossiyadagi bir qator muhim infratuzilma obektlarini egallab olinayotgani hamda Moskva tomon harakatlanayotgan yollanma askarlar haqidagi voqealarga munosabat bildirdi.

 

Ramzan Qodirovning aytishicha, chechen jangchilari yollanmas askarlarga qarshi kurashish uchun allaqachon to‘qnashuv chiziqlariga yuborilmoqda.

 

"Bo‘layotgan voqealar Mudofaa vazirligiga ultimatum emas. Bu davlatga daʼvat bo‘lib, bu daʼvatga qarshi milliy lider atrofida birlashish zarur: harbiylar, xavfsizlik kuchlari, gubernatorlar va tinch aholi. Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasining Chechenistondagi jangchilari allaqachon keskinlik zonalariga jo‘nab ketishgan. Biz Rossiyaning birligini saqlash va uning davlatchiligini himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz!

Tarix shuni ko‘rsatadiki, bunday harakatlar qonli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qo‘zg‘olonni bostirish kerak va agar bu qattiq choralarni talab qilsa, biz tayyormiz", — deydi Qodirov.

 

Shuningdek, Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush vaqtida shaxsiy shikoyatlarni aytish va oradagi nizolarni hal qilish vaqti emas.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"