O'zbekiston

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

18-noyabr tongga yaqin esa asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda: AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi

18-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, havo sifati kechki soatlarda xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” darajaga yetadi.

 

Ma’lum qilinishicha, tunning ikkinchi yarmida havo sifati sezgir guruhlar uchun nosog‘lom, tongga yaqin esa o‘rtacha darajada bo‘lishi kutilmoqda. Milliy havo sifati indeksida dastlab “to‘q sariq”, keyinchalik “sariq” va “yashil” darajalar kuzatilishi mumkin.

 

Havo sifatining yomonlashishiga haroratning pasayishi, kuchsiz shamol va harorat inversiyasi sabab bo‘lishi mumkin. Bu sharoit mahalliy va qo‘shni hududlardan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar hamda PM zarrachalarining tarqalishini cheklab, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planishiga olib keladi.

 

Prognozlarga ko‘ra, soat 01:00 dan keyin havo sifati asta-sekin yaxshilanadi. 18-noyabr tongida xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “o‘rtacha” darajaga tushishi kutilmoqda. Atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ta’lim muassasalari xodimlariga yangi ustamalar: ish stajiga qarab 120 foizgacha to‘lanadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ayrim ta’lim muassasalari bosh hisobchilari va kadrlar bo‘yicha inspektorlariga mehnat stajiga qarab oylik ustama to‘lanadi.

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda viza tartiblarini yengillashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumonlanuvchi ushlandi

Ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumonlanuvchi ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda ayol turmush o‘rtog‘ini ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan.

O‘zbekiston ilk bor American Film Market’da: ikki mashhur ko‘rsatuv mamlakatimizda suratga olinadi

O‘zbekiston ilk bor American Film Market’da: ikki mashhur ko‘rsatuv mamlakatimizda suratga olinadi

Shuningdek, AQSH va Kanada telekompaniyalari Tashkent Content Market’ga taklif qilindi.

O‘zbekistonda fuqaroliksizlikni kamaytirish: 91 mingdan ortiq kishi fuqarolik oldi

O‘zbekistonda fuqaroliksizlikni kamaytirish: 91 mingdan ortiq kishi fuqarolik oldi

1992–2016-yillarda esa bu ko‘rsatkich 482 kishini tashkil etgan.

AQShga kirish qoidalari o‘zgardi: o‘zbekistonliklarga talablar eslatildi

AQShga kirish qoidalari o‘zgardi: o‘zbekistonliklarga talablar eslatildi

Yangi talab 2027-yil 16-fevralgacha amal qiladi.

Samarqandda tungi YTH: 8-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Samarqandda tungi YTH: 8-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Avtomobilda bo‘lgan yana to‘rt nafar o‘quvchiga uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

Qalbaki guvohnoma bilan tadbirkorni chuv tushirdi: soxta “TumanGaz” xodimi ushlandi

U tadbirkordan jarimani qo‘llamaslik evaziga pul talab qilgan.