Jahon

Britaniya "Chelsi"ni sotishdan tushgan pullarni Ukrainadan tashqarida ishlatishni taqiqladi

“Chelsi”ni sotishdan oldin Britaniya rasmiylari va klubning sobiq egasi Roman Abramovich o‘rtasida kelishuvga erishilgan

Britaniya "Chelsi"ni sotishdan tushgan pullarni Ukrainadan tashqarida ishlatishni taqiqladi

 

Urush qurbonlari jamg‘armasi rahbari Mayk Penrouzning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi”ni sotishdan oldin Britaniya hukumati rasmiylari va klubning sobiq egasi Roman Abramovich o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga ko‘ra jamg‘arma tushgan mablag‘ni "Ukrainadagi barcha urush qurbonlariga" yordam berish uchun ishlatishi kerak.

 

Klub sotilganidan bir yil o‘tib, Penrouzning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya hukumati yangi shart qo‘ygan, unga ko‘ra, fond o‘z faoliyatini "Ukrainaning geografik chegaralari" bilan cheklagan taqdirdagina pul oladi. Maʼlum qilinishicham jamg‘arma bu shartga rozi emas, chunki ular mavjud mablag‘lar turli mamlakatlardagi, shu jumladan Buyuk Britaniyadagi ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun yo‘naltirilishi kerak, deb hisoblashadi.

 

"Bunday katta miqdordagi pul bilan - taxminan 2,35 milliard funt sterling - qayerda yashashlaridan qat'i nazar, eng zaiflarga yordam bermaslik g'oyasi deyarli uyatsiz. Hukumatdan bizni barcha ukrainaliklar, jamoalar va ularni qabul qilgan odamlarga yordam berish imkoniyatini cheklaydigan siyosiy shartlar qo‘ymasdan bizga mablag‘ bilan ta’minlashni so‘raymiz”, — dedi u.

 

Penrouzning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya rasmiylari fondning Rossiya va Belarus, shuningdek, ushbu mamlakatlar hukumatlari bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorligiga qarshi, chunki ular sanksiyalar shu tarzda buzilishi mumkinligidan qo‘rqishadi.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilning mart oyida Roman Abramovich 2003-yildan beri egalik qilib kelayotgan “Chelsi” futbol klubini sotishini eʼlon qilgan edi. Natijada may oyida klubni amerikalik tadbirkor sotib olgan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"