O'zbekiston

O‘zbekistonda 5-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

Respublikaning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi hamda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 5-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

 

O‘zbekistonda 5-iyul, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.