Jahon

Afg‘onistonda go‘zallik salonlari yopildi

Bu "Tolibon"ning maxsus buyrug'i bilan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Afg‘onistonda go‘zallik salonlari yopildi

 

Tolibon Afg‘onistondagi barcha sartaroshxonalar va go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi. Mamlakat rasmiylari biznesni to'xtatish uchun egalariga bir oy vaqt berdi. Bu haqda BBC Afg‘onistondagi Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi vakiliga tayanib, xabar bermoqda.

 

"Afg‘oniston sartaroshlari va go‘zallik salonlari qaror haqida birinchi bo‘lib 2-iyuldan boshlab xabardor bo‘lgan. Ular taqiqni bajarishlari uchun bir oy muddat bor", — dedi vazirlik rasmiysi.

 

BBC ma'lumotlariga ko'ra, Tolibon hukumati taqiqqa nima turtki bo'lganini va salonlar yopilgandan keyin ayollar uchun qanday muqobil variantlar mavjud bo'lishini tushuntirmagan. OAV xabarlari poytaxt Kobuldagi sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari allaqachon yopila boshlaganini ko'rsatdi.

 

“Tolibon afg‘on ayollarini eng oddiy inson huquqlaridan mahrum qilmoqda. Bu qaror bilan ular ayollarning boshqa ayollar bilan ishlash imkoniyatini tortib olishadi. Bu xabarni eshitib, men butunlay hayratda qoldim. Ko'rinib turibdiki, "Tolibon"ning ayol tanasiga e'tibor qaratishdan boshqa siyosiy rejasi yo'q. Ular ijtimoiy hayotning barcha darajalarida ayollarni yo'q qilishga harakat qilmoqdalar ”, — dedi afg'on ayol BBCga anonim ravishda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.