Jahon

Rossiya va belaruslik sportchilarga Osiyo oʻyinlarida qatnashishga ruxsat berildi

Biroq sportchilar musobaqada g`olib bo`lsa, medal bilan taqdirlanmaydi

Rossiya va belaruslik sportchilarga Osiyo oʻyinlarida qatnashishga ruxsat berildi

 

Rossiya va Belarusdan 500 ga yaqin sportchiga 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida neytral maqomda qatnashish uchun ruxsat berildi.

 

Insidethegames xabariga ko‘ra, bu sportchilar medallar jadvalida ishtirok eta olmaydi. Yaʼni musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taqdirda ham medallarni qo‘lga kirita olmaydi. Faqatgina sportchilar 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beradigan reyting ochkolarini ishlab olishlari mumkin.
 

Biroq, rossiyaliklar va belaruslarning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi haqidagi yakuniy qarorni dasturga kiritilgan 31 sport turi bo‘yicha boshqaruv organlari qabul qilishi kerak bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun, Osiyo o‘yinlari joriy yilning 23-sentyabrdan 8-oktyabrga qadar Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"