Salomatlik

Yozning issiq kunlarida qanday mahsulotlar isteʼmol qilish kerak?

Mutaxassis maʼlumot berdi.

Yozning issiq kunlarida qanday mahsulotlar isteʼmol qilish kerak?

 

Yozning issiq kunlarida inson ishtahasi biroz pasayadi. Shu bois sersuv noz-neʼmatlar — meva-sabzavot va ulardan tayyorlangan salatlar sevib isteʼmol qilinadi. Chunki bu ozuqalar chanqoqni qondiribgina qolmay, tanani zarur mineral va vitaminlar bilan to‘yintiradi

 

Biroq ushbu mahsulotlar kam kaloriyali bo‘lgani tufayli kundalik sarflangan energiya o‘rnini bosolmaydi. Organizm esa doim oqsil moddalariga ehtiyoj sezadi.

 

Demak, go‘sht va uning o‘rnini bosuvchi dukkakli hamda boshqa ozuqalar kunlik dasturxonimizdan joy olishi kerak. Faqat ularni qaynatilgan holatda tanavvul qilish tavsiya qilinadi. Suyuq ovqatlar issiq kunlar uchun, ayniqsa mos.

 

O‘z navbatida, yozda ovqatlanish tartibini ham biroz o‘zgartirgan maʼqul. Soat 7:00 nonushta uchun mos vaqt. Ertalab sut mahsulotlari, meva-sabzavot, qaynatilgan go‘sht va tarkibida oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lgan boshqa mahsulotlar isteʼmol qilinishi kerak.

 

Tushlik uchun yengil hazm bo‘luvchi sho‘rva, moshxo‘rda, mastava, manpar, suvda yoki bug‘da tayyorlangan kotletlar foydali. Ular sabzavotlardan tayyorlangan salat va ko‘katlar bilan qo‘shib tanavvul qilinsa, nur ustiga aʼlo nur.

 

Meva sharbatlari tayyorlash chog‘ida ular tarkibiga imkon qadar shakar qo‘shmaslikni tavsiya qilamiz.

 

Kolbasa, konserva va tuzlangan mahsulotlar, sho‘r baliq, dudlangan go‘shtdan mutlaqo tiyilish kerak. Bunday yeguliklar chanqoqni oshirishidan tashqari, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak tizimi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Kechki ovqat uchun taomnoma ham tez va yengil hazm bo‘luvchi suyuq ovqatlardan tashkil topishi lozim. O‘zida nisbatan kam uglevod saqlovchi qatiq, olma, sabzavotlar ham dasturxonga tortiq etilishi kerak.

 

Pishiqchilik neʼmati bo‘lgan qovun va tarvuz isteʼmoli uchun tushlik payti eng maqbul davr. Ular ham quvvat beradi, ham chanqoqni bosadi.

 

Sog‘lom insonlar uchun kunlik isteʼmol qilinadigan suv meʼyori 3 litrgacha. Yurak qon-tomir, buyrak xastaligi bor insonlarga esa ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"