Siyosat

Rus tilining jahon hamjamiyatidagi o‘rni mustahkamlanmoqda

MDH shafeligida rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzilayotgani aytilmoqda.

Rus tilining jahon hamjamiyatidagi o‘rni mustahkamlanmoqda

 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) shafeligida rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzilmoqda, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi. 

 

MDH shtab-kvartirasida mazkur tashkilot faoliyatini taʼsis etuvchi va tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

 

“Mutaxassislar qator davlatlardan kelib tushgan hujjatlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar va bo‘lib o‘tgan muhokamani inobatga olgan holda Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi va uning Nizomi bo‘yicha umumiy kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.

 

Aytilishicha, qolgan masalalar yaqin kunlarda ekspert guruhining qo‘shimcha yig‘ilishida kelishib olinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, MDH shafeligida Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni yaratish tashabbusi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevga tegishli. O‘tgan yilning oktyabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida MDH davlatlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Shu bilan birga, tashkilot Konsepsiyasi tasdiqlandi.

 

Konsepsiyaga muvofiq, MDH Ijroiya qo‘mitasiga Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar hukumatlari bilan birgalikda tuzilayotgan xalqaro tashkilotni taʼsis etuvchi va faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish topshirildi.

 

Rossotrudnichestvo uslubiy faoliyati doirasida 60 dan ortiq mamlakatlardan 300 dan ortiq o‘qituvchilar ushbu va boshqa masalalar bilan shug‘ullanishdi. Tinglovchilarning aksariyati O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Gruziyadan bo‘lgan. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan o‘qituvchilar soni bo‘yicha yetakchi 10 ta davlatdan Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston, Turkiya, Gretsiya, Belarus va Ispaniya joy oldi.

 

Butun dunyo rus tili o‘qituvchilari tomonidan bunday uslubiy tadbirlarga katta qiziqish bildirilganligi sababli, 2023 yilda "Xalqaro mehnatni muhofaza qilish instituti" Rossotrudnichestvo bilan birgalikda bunday uslubiy tadbirlarning yana ikkitasini o‘tkazadi. Birinchisi 9-16 sentyabr kunlari, ikkinchisi 21-28 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Ularda ishtirok etish uchun ariza shaklni to‘ldirib, elektron shaklda yuborish mumkin.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

AQSh Prezidenti Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlarini yaratgan hunarmandlarning mahoratini yuqori baholab, ularni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi.

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Abdulla II ibn al-Husaynni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rasmiy marosimdan so‘ng O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Unda ikki mamlakat delegatsiyalari va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

Turkiya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektronika, transformatorlar va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka taklif etildi.

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.