“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
Bu Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan belgilab qo‘yildi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda maʼmuriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.







