Turk lirasi quladi
U dollarga nisbatan tarixdagi eng past ko'rsatkichga tushdi.

Savdo ma'lumotlariga ko'ra, turk lirasining dollarga nisbatan qiymati tarixiy eng past ko'rsatkichini yangiladi.
Bunday dinamika payshanba kuni e'lon qilinishi kerak bo'lgan Turkiya Markaziy bankining asosiy stavkasi bo'yicha qaror qabul qilish arafasida kuzatilmoqda.
Turkiya markaziy banki iyun oyida inflyatsiya ko'rinishi sezilarli darajada yaxshilanmaguncha, pul-kredit siyosatini bosqichma-bosqich kuchaytirishni davom ettirishini bildirgan. 22-iyun kuni regulyator ikki yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta asosiy stavkani 8,5 foizdan 15 foizga ko‘tardi, tahlilchilar esa 21 foizni kutgan edi.







