Jahon

Dunyodagi eng manzarali sohillar yurti — Turkiya

Yozda Turkiyaning sohillari moviy va yashil ranglarni o‘zida uyg‘unlashtirib, dam olish uchun betakror joylarga aylanadi.

Dunyodagi eng manzarali sohillar yurti — Turkiya

 

Egey va Turk Rivierasi bilan O'rta Yer dengizining qoq markazida joylashgan Turkiya dunyodagi eng manzarali sohillariga ega. Yozda Turkiyaning go'zal sohillari moviy va yashil ranglarni uyg'unlashtirib, dam olish va o'yin-kulgi uchun turli imkoniyatlarni va turli xildagi qiziqarli tadbirlarni taklif etadi.

 

 

Turk Rivierasi: Orzudagi ta’til

 

Turk Rivierasining qoq markazida joylashgan Antaliya o'zining Aspendosdan Miragacha, Sidedan Pergegacha bo'lgan ko'plab tarixiy joylari, uzun qirg'oq chizig'i, feruza suvlari, sokin ko'rfazlari va har xil sport tadbirlari bilan yuqori baholangan dam olish maskanlaridan biridir. Go'zal sohillari bilan tanilgan va 231 ta Moviy bayroq sertifikati bor plyajlarga ega bo'lgan Antaliyada, deyarli har bir yo'l bir sohilga olib chiqadi. Ba'zi plyajlar kilometrlarcha uzunlikda bo'lsa, boshqalari tog'lar va ko'rfazlarda o'rin olgan yashirin sohillardir. Masalan, Kaputash... Kash-Kalkan yo'lidagi Kaputash, oq qumli sohili va moviy dengizi bilan diqqatga sazovordir. O'zining ajib sehri bilan bu kichik sohil dunyodagi eng go'zal 50 sohillardan biri deb topildi. Uzunligi 14 km bo'lgan Turkiyaning ikkinchi eng uzun sohili - Patara ham Antaliyada joylashgan. U dengiz toshbaqalarining ko'payish joylaridan biri sanaladi.

 

 

Moviyning ming bir tusi sayohati

 

Bodrum, shubhasiz, Turkiyaning baxt sohili bo'lgan Egey dengizidagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biridir. Shaffof dengizi, oltin tusli qumlari va qirg'oq chizig'i bilan mintaqa quyosh va dengizni sevuvchilar uchun mukammal yozgi dam olish maskanidir. Bodrum markaziga eng yaqin sohillardan biri bo'lgan Gumbet sohili moviy rangning farqli tuslarini birlashtirgan dengizni taklif etadi. Qayiqda sayohatlar, turli suv sportlari va sho'ng'ish klublari unutilmas tajribalarni va'da qiladi. Bitez sohili suzish va boshqa suv faoliyati uchun mukammal tanlovdir. Bitez sohili keng qumli qirg'og'i va hayratlanarli manzaradan tashqari, ko'plab kafe va restoranlar bilan o'ralgan. Bodrumning sevimli dam olish maskani Turkbuku markazida joylashgan Go'lturkbuku sohili shaharning eng jonli joylaridan biridir. U o'zining sohilda joylashgan ko'ngilochar klublari bilan ko'tarinki kayfiyatni va'da qiladi.

 

 

Izmir: Turkiyaning yuragi

 

Izmir deganda xayolga ilk keladigan narsa bu shaharning eng mashhur sayyohlik maskani Cheshmedir. Ilija va Alachati sohillari go'zal dengizi va oltin qumlari bilan Cheshmening yulduzlaridir. Sokin va mayin to'lqinli suvlari bilan mashhur Alachati sohili Cheshme markazidan taxminan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan. Cheshmedagi eng toza sohillardan biri bo'lgan Alachatida Egey quyoshi ostida toblanish va mazali kokteyldan bahramand bo'lish mumkin. Cheshmening Ilija tumanida joylashgan Ilija sohili mintaqadagi yana bir mashhur “qochish” nuqtasidir. Ilija, atrofidagi dengizlarni ilitadigan sayoz, issiq shifobaxsh ma'danli suvlari bilan yaxshi tanish. Egey dengizining olmosdek tiniq suvlarida suzish, istalgancha quyosh ostida hordiq chiqarish va mo'tadil ob-havodan zavqlangancha ta’tildan to'laqonli zavq olish mumkin.

 

 

Chanoqqal'a: Shimoliy Egeydagi marvarid

 

Turkiyaning Egey dengizi sohilidagi ko'plab shaharlar yoz oylarida sayyohlar bilan to'lib toshadi. Ulardan biri esa Chanoqqal'ada joylashgan mayin to'lqinli dengizi va yashilga burkangan tabiati bilan maftun qiluvchi Assos sohillaridir. Mintaqada eng mashhur ikki sohil bo'lib, ulardan biri ikkala tomondan zaytun daraxtlari bilan o'ralgan Assos Sokakag'zi va Kadirga ko'rfazidir. Biroq, Chanoqqal'a, Bozjaada va Go'kcheada haqida gapirganda, ikkita go'zal Turk Egey orollarini unutmaslik kerak. Chuqur moviy dengizi va ipak qumi bilan Bozjaadaning Ayazma sohili Egey dengizining eng mashhurlaridan biridir. Turk Egeyning eng katta oroli Go'kcheadada uzunligi 1200 metr bo'lgan Aydinjik sohili, so'rfingchilar tashrif buyuradigan yana bir sevimli manzildir.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"