O'zbekiston

Qamchiq dovonidagi tunnel ichida yuk mashinasi yonib ketdi

FVV holat yuzasidan batafsil ma'lumot berdi

Qamchiq dovonidagi tunnel ichida yuk mashinasi yonib ketdi

 

FVV xabariga ko'ra, 22-iyul kuni soat 03:20 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Rezak” tunnelida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib tunnel devoriga urilishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

 

Natijada voqea joyiga “Qamchiq” dovonidagi FVV qutqaruvchilarining 13 nafari, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va qutqaruv otryadidan 1 ta texnika soat 03:22 da yetib borgan va yong‘in soat 03:27 da o‘chirilgan. Shundan so‘ng soat 03:50 da yuk avtomobili tunneldan olib chiqilgan.

 

Qayd etilishicha, “Isuzu” yukxonasidagi jami 4,2 tonna yukning 95 foizi yong‘indan saqlab qolingan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma'lum qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda  o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

custom img

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

custom img

O‘zbekiston aksiyalari ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi

IPO jarayonida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

custom img

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

custom img

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"