O'zbekiston

O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yonidagi “peshoxod”da YTH yuz berdi

“Damas” ayol kishini urib yuborgan.

O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yonidagi “peshoxod”da YTH yuz berdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 21 iyul kuni soat 19:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

 

To‘qnashuv zarbidan so‘ng Damas avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

“Haydovchilardan avtomashina boshqarish davomida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashganda tezlikni pasaytirishlarini va piyodalarga to‘xtab yo‘l berib, o‘tkazib yuborishlarini, oraliq masofa saqlab harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.