Iqtisodiyot

Guruch narxi ko‘tariladimi?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Guruch narxi ko‘tariladimi?

 

O‘zbekistonda guruch zaxiralari yetarli. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda guruch narxini oshib ketishi haqida asossiz xabarlar tarqaldi.

 

"Aholini turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruchni narxini oshib ketishi asossiz targ‘ib qilishidan ogoh bo‘lishga, bu faqatgina spekulyativ holat yoki guruch narxini asossiz oshirishga harakatlarni amalga oshirishga turtki bo‘layotganligini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.

 

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistondagi barcha bozorlar guruch bilan uzluksiz taʼminlangan hamda zaxiralar yetarli.

 

“So‘nggi 5 yilda Hindistondan O‘zbekistonga jami 232,6 tonna guruch importi amalga oshirilgan. Bu yilda Hindistondan boshqa mamlakatlarga guruch eksportining to‘xtatilishi O‘zbekistonga o‘z taʼsirini ko‘rsatmaydi”, deya qayd etilgan xabarda.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston dehqon bozorlarida guruchning 1 kg narxi navidan kelib chiqib, 11 500 so‘mdan 25 000 so‘mgacha sotilmoqda (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 35,2 % ga o‘sgan).

 

Bozorlarda guruch quyidagi narxlarda sotilmoqda:

 

“Avangard” navi 11 500 – 17 500 so‘mgacha;

“Alanga” navi 16 000 – 18 500 ming so‘mgacha;

“Lazer” navi 19 500 – 25 000 so‘mgacha.

 

Shuningdek, guruchning minimal narxi “Nukus dehqon bozori” va “Guliston dehqon bozori”da (“Nukus-2” va boshqa mahalliy navli guruchlar) 11 500 so‘m qayd etilgan.

 

Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da 25 000 so‘mdan sotilgani kuzatildi (“Lazer” navli guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorda guruchning minimal narxi 13 000 so‘mni tashkil etgan.

 

Taʼkidlanishicha, respublika sharoitida yiliga aholi jon boshiga o‘rtacha 9,8 kg.dan guruch isteʼmoli talab etiladi. Yaʼni mamlakat aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.

 

Respublika hududlarida o‘tgan yilda 105,8 ming gektar maydonlarda sholi ekilib, 516,9 ming tonna sholi yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich guruch hisobida 310 ming tonnani tashkil etadi. Yaʼni, aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam guruch ishlab chiqariladi.

 

“2023 yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Yaʼni isteʼmolga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan”, deyiladi xabarda.

 

Jahon bozorida 2023 yil iyun holatiga o‘rtacha guruch narxi 1,93 dollar (22 364 so‘m), eng arzon narx 0,52 dollar (6025 so‘m) (Tunis), maksimal narx 4,84 dollarni (56 086 so‘m) (Serbiya) tashkil etmoqda.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Guruch narxi ko‘tariladimi? | Zamon.uz