O'zbekiston

Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi

Sport pasportining amal qilish muddati 5 yil bo‘lib, Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan beriladi.

Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi

 

Hukumat qarori bilan "Sportchilarga sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti" tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, sport pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

 

Pasport davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan beriladi. Bunda 16 yoshga to‘lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

 

Sport pasportining amal qilish muddati — 5 yil bo‘lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

 

  • bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;

  • sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;

  • tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;

  • sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;

  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

 

Qayd etilishicha, mazkur ximzat uchun ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

 

Bunda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"