Jahon

Rossiya elchixonasining 45 xodimi Moldovani tark etadi

Bu haqda respublika Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi rasmiy vakili maʼlum qildi.

Rossiya elchixonasining 45 xodimi Moldovani tark etadi

 

Rossiya elchixonasining 45 nafar xodimi, jumladan, diplomat va texnik xodimlar Moldovadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi rasmiy vakili Igor Zaxarov maʼlum qildi.

 

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, RF diplomatlari sonini Moldovaning Moskvadagi elchixonasi darajasigacha qisqartirish qarori qabul qilingan: 10 nafargacha diplomat, maʼmuriy, texnik va boshqa funksiyalar uchun masʼul xodimlar – jami 15 kishi. Bu qaror Moldovadagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan nomaqbul harakat va urinish bilan izohlangan.  

 

Notada rossiyalik diplomatlar 15 avgustgacha Moldovani tark etishlari zarurligi belgilangan.  

 

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri Nikolay Popesku o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv yakuni bilan o‘rtoqlashdi. Kishinyov markazida joylashgan Rossiya elchixonasi binosiga ko‘plab antennalar o‘rnatilgani, xizmatchilar maxsus jihozlar yordamida maxfiy maʼlumot to‘plashi mumkinligi iddao qilingan.  

 

Shu munosabat bilan kecha elchi Oleg Vasnetsov TIVga chaqirtirilgan va unga tegishli nota taqdim etilgan.  

 

Jurnalistlar bilan suhbatda elchi josuslik haqidagi mojarodan diplomatik xodimlarni qisqartirish uchun bahona sifatida foydalanilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kishinyovning harakatlari ikki davlat o‘rtasidagi muloqot holatiga jiddiy putur yetkazadi.  

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"