O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

 

Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. 

 

Xususan, to‘qimachilik, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Uch hududda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi.