Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqi undirib berildi
9 nafar hamyurtimiz Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga murojaat qilgan.

17 iyul kuni 9 nafar fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.
Markaz xodimlari ish beruvchi tashkilot – «Si Ar Si Si Rus» rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida o‘zbekistonliklarning 278 ming rubl miqdoridagi oylik maoshi to‘liq undirib berildi hamda ularning bank kartalariga o‘tkazildi.







