Jamiyat

Prezident farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Iqtisodiyot va moliya vaziri hamda Soliq qo‘mitasi raisi nomi ma’lum bo‘ldi.

Prezident farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Djamshid Anvarovich Kuchkarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

 

Bundan ilgariroq Djamshid Kuchkarovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoni bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi | Zamon.uz