Jamiyat

Sud majlisiga qatnashish uchun kelgan fuqaro vafot etdi

Da’vogar kutish xonasidan behush holda topilgan.

Sud majlisiga qatnashish uchun kelgan fuqaro vafot etdi

 

Joriy yil 3-avgust kuni 1957-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. (erkak) Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasida soat 9:15 ga tayinlangan sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan.

 

Sud majlisi o‘z vaqtida boshlangan bo‘lib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M.A. behush holda yotganini ko‘rgan. 

 

Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M.A. hayotdan ko‘z yumganligi aniqlangan.

 

Tibbiyot xodimlari bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M.A.ning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Sud majlisiga qatnashish uchun kelgan fuqaro vafot etdi | Zamon.uz