O'zbekiston

Yozda dori vositalarini qanday saqlash kerak?

SSV bu bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi.

Yozda dori vositalarini qanday saqlash kerak?

 

Yozning jazirama kunlarida dori-darmonlarni saqlash shartlariga alohida rioya qilish zarur. Chunki issiq havo ularning xususiyatlarini o‘zgartiradi va quyosh nurida qolib ketgan dorilar sog‘lik uchun zararli vositaga aylanishi mumkin.

 

Avvalo, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir va tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilishimiz lozim.

 

Kremlar, surtma, shamchalar issiqlikda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish sodir bo‘ladi va hatto keyingi qayta sovutish ham ularni saqlay olmaydi. Baʼzi hollarda lokal dozani oshirib yuborishga olib kelishi ham mumkin.

 

Bundan tashqari dori, avtomashinalardagi birinchi yordam to‘plamlarini ham esdan chiqarmaslik kerak:  ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib bo‘lmaydi.

 

Hamma dori vositasini sovitkichda saqlash noto‘g‘ri!

 

Xona harorati deganda odatda 15°-25° gradus shuningdek, iqlim sharoitiga qarab 30°S gacha bo‘lgan harorat darajasi nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab shkafda saqlashingiz maqsadga muvofiq.

 

8°dan 15° gradusgacha bo‘lgan salqin haroratda ayrim dori vositalarini sovitkichda saqlashga ruxsat beriladi.

 

Bunda 8°S past haroratda fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni sovutgichda saqlash mumkin emas.

 

Dori vositalarini sovuq joyda saqlash deganda sovitkichda, 2°C dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlash tushuniladi.

 

Bunda dori-darmonlarni sovutgichning devoriga yaqin joyda joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Odatda shamchalar (svecha), turli ko‘z tomchilar, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi.

 

Sovitkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qatʼiyan man etiladi.

 

Dori-darmonlarni saqlashda yorug‘lik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham eʼtibor berish kerak. Agar ko‘rsatmada "qorong‘i joyda saqlang" deb aytilgan bo‘lsa, unda siz dori qadog‘ini yorug‘likdan to‘liq himoya qilishingiz kerak.

 

Quruq joyda havo namligi 50% dan oshmasligi kerak.

 

Dori vositalarini saqlash qoidalariga amal qiling va salomatligingizga aslo beeʼtibor bo‘lmang!

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"