Jahon

Dunyo bo'ylab oziq-ovqat narxlari ko'tarildi

Mutaxassislar narxlar o'sishini g'alla bitimining tugatilishi va guruch savdosiga yangi cheklovlar kiritilishi bilan izohlagan. Oqibatda guruch narxlari 2011-yildan beri eng yuqori darajaga yetgan.

Dunyo bo'ylab oziq-ovqat narxlari ko'tarildi

 

BMT oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari iyul oyida avvalgi ikki oyda pasayganidan keyin biroz ko'tarilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, oziq-ovqat narxlari indeksi 123,9 punktgacha ko'tarilgan (iyun oyiga nisbatan 1,3 foizga o'sdi), lekin ayni paytda 2022-yil iyuliga nisbatan 11,8 foizga kamaydi. FAO mutaxassislari iyun oyigacha bo'lgan o'sishni g'alla bitimining tugatilishi va guruch savdosiga yangi cheklovlar kiritilishi bilan izohlagan. 

 

Xususan, iyul oyida o'simlik moylari narxlari indeksining keskin o'sishi kuzatildi — 129,8 punktgacha (iyunga nisbatan 12,1 foizga ko'p) va bu yetti oylik pasayishdan keyingi birinchi o'sishdir. Oy davomida kungaboqar yog‘i narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi, asosiy sabab don shartnomasining tugatilishi munosabati bilan eksport yetkazib berishdagi tushunmovchiliklar. Shuningdek, palma, soya va kolza yog'larining narxi ham yetakchi ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda unchalik yaxshi bo'lmagan hosilning istiqbollari fonida ko'tarildi.

 

Bundan tashqari, iyul oyida makkajo'xori narxi pasayishda davom etdi, jo'xori narxi pasaydi, bug'doy bozoridagi vaziyat ta'sirida arpa narxi barqaror bo'lib qoldi — so'nggi to'qqiz oy ichida birinchi marta unning narxi (1,6 foizga) ko'tarildi. 

 

Mutaxassislar ayrim ozqi-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini Rossiyaning don bitimidan chiqishi va Ukraina port infratuzilmasiga yetkazilgan zarar, shuningdek, Shimoliy Amerikadagi qurg'oqchilik munosabati bilan Ukrainadan eksport qilish bilan bog'liq qiyinchiliklar bilan bog'lashgan. 

 

Qayd etilishicha, guruch narxlari indeksi iyun oyidan beri 2,8 foizga oshib, 2011-yil sentyabridan beri eng yuqori darajaga yetgan.

 

Shuningdek, sut, go'sht va shakar narxlarida biroz pasayish kuzatilgan.

custom img

O‘zbekistonning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini ko‘rib, quvonaman — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O'zbekistonga davlat tashrifi arafasida katta intervyu berdi.

custom img

Turkiya Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order berdi

Turkiya avval ham Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlariga nisbatan hibsga olish orderlarini chiqargan.

custom img

Tenge 2026-yilda Yevropa va Osiyodagi eng kuchli valyutaga aylandi

Xalqaro investorlarning Qozog‘iston davlat obligatsiyalariga qiziqishi ortishi fonida tenge 2026-yilda AQSH dollariga nisbatan 9,7 foizga mustahkamlandi.

custom img

Yer aholisi ogohlantirildi: 2027-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Tinch okeanida so‘nggi bir asrdagi eng kuchli El-Nino hodisasi shakllanmoqdaю

custom img

AQSh Eronga qarshi “tarixdagi eng qattiq sanksiyalar”ni joriy etishini ma’lum qildi

Sanksiyalar tafsilotlari kelasi hafta e’lon qilinadi.

custom img

Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi dengizdan topildi

Besh kishi dengizga tushganida kuchli oqimga tushib qolgan. To‘rt nafari qutqarilgan, o‘zbekistonlik erkak esa oqim tomonidan olib ketilib, bedarak yo‘qolgan.

custom img

Tojikiston Erondan 2,55 mln tonna neft va yoqilg‘i so‘radi

Mamlakat neft mahsulotlarining 80 foizigacha Rossiyadan import qiladi. Rossiyada esa ukrain dronlari hujumlari va ichki talabning yuqoriligi sabab yoqilg‘i taqchilligi kuchaygan.

custom img

Peruda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"