Endi chiqindilar musiqa sadolari ostida olib ketilishi mumkin
Ekologiya vazirligi yangicha tashabbus bilan chiqdi.

Uchta viloyatda chiqindilarni musiqa sadolari ostida olib ketish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Chiqindi tashuvchi mashinalarning har kuni ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan edi.
Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o‘tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda.
Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyinchalik butun respublika bo‘yicha joriy qilinadi.







