Jahon

Yevropa g'ayrioddiy ob-havo girdobida qoldi

Anomal issiq va yong'inlar Italiya, Portugaliya va Ispaniyani qamrab olgani aytilmoqda.

Yevropa g'ayrioddiy ob-havo girdobida qoldi

 

Anomal issiq va yong'inlar Italiya, Portugaliya va Ispaniyani qamrab oldi. Sloveniya va Daniyada esa toshqinlar, yomg'ir va bo'ronlar kuzatilmoqda.

 

Italiyaning Sardiniya orolini kuchli yong‘inlar qamrab oldi. O't o'chiruvchilarning ishi O'rta Yer dengizidan kelgan kuchli shamol tufayli murakkablashmoqda. 

 

Xabar qilinishicha, lagerdan bolalarni evakuatsiya qilish chog‘ida bir o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan, lager yong‘in natijasida vayron bo‘lgan.

 

Elektr simlari yiqilgan yoki shikastlanganligi sababli fermerlarning o‘z dalalariga kirishi taqiqlandi. Sardiniyaning turli hududlaridan 600 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

 

Portugaliyada 3400 dan ortiq qutqaruvchilar 130 ta alanga o'chog'iga qarshi kurashmoqda. Mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oshdi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, yaqin kunlarda o'rmon yong'inlari xavfi "mamlakat bo'ylab juda yuqori yoki eng yuqori darajada" qoladi.

 

Sloveniyada suv toshqini va kuchli yomg‘ir qurbonlari soni olti kishiga yetdi.

 

Bosh vazir Robert Golob buni 30 yil ichidagi eng dahshatli tabiiy ofat deb atadi. Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, elementlardan ko'rilgan zarar yarim milliard yevrodan oshadi. Sloveniya Yevroittifoqdan yordam soʻradi. Mamlakat, shuningdek, NATOdan qutqaruv ishlariga yordam berish uchun transport vertolyotlari va askarlar berishni ham so'ragan.

 

Daniyada boshlangan yomg‘ir va bo‘ron dastlab sharqiy Bornholm oroliga ta’sir qilgan, keyin esa Kopengagen poytaxtiga yetib kelgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"