Jahon

Ekvadorda prezidentlikka nomzod otib o‘ldirildi

Milliy politsiya jinoyatchilarni topish uchun operatsiya boshladi, voqea joyidagi ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan. Davlat rahbari sodir bo‘lgan voqeadan "g‘azabda va hayratda qolganini" aytdi.

Ekvadorda prezidentlikka nomzod otib o‘ldirildi

 

El Universo gazetasiga ko‘ra, Vilyavisensio Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan keyin uchta o‘q bilan o‘ldirilgan. Nashr manbalarining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, sakkiz kishi jarohatlangan, ulardan yetti nafari kasalxonaga yotqizilgan. 

 

Milliy politsiya jinoyatchilarni topish uchun operatsiya boshladi, voqea joyidagi ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan. 

 

Gilermo Lasso xavfsizlik kabinetining yig‘ilishi haqida eʼlon qildi. Uning aytishicha, butun mamlakatni larzaga solgan voqeaga munosabat bildirish maqsadida Milliy saylov kengashi rahbari, bosh prokuror, Milliy sud raisi va boshqa davlat idoralari vakillaridan yig‘ilishda ishtirok etishni so‘ragan. 

 

Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Vilyavisensio saylovoldi mitingidan so‘ng o‘ldirildi. Uning o‘limini 10 avgust, payshanba kuni Ekvador rahbari Gilermo Lasso tasdiqladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u «qotillikdan g‘azabda va hayratda». Lasso siyosatchining rafiqasi va qizlariga hamdardlik bildirdi hamda jinoyat jazosiz qolmasligiga ishontirdi. Uyushgan jinoyatchilik haddan oshib ketdi, qotillar qonunning to‘liq yukiga duchor bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari. 

 

Eslatib o‘tamiz, 20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, o‘ng markazchi Vilyavisensio g‘alaba uchun yetarlicha ovoz to‘play olmas edi. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"