Jahon

Ekvadorda bir hafta ichida ikkinchi siyosatchi saylovlar oldidan o‘ldirildi

"Fuqarolik inqilobi" partiyasidan prezidentlikka nomzod Luis Gonsales uyi yaqinida nomaʼlum kimsalar tomonidan otib ketildi.

Ekvadorda bir hafta ichida ikkinchi siyosatchi saylovlar oldidan o‘ldirildi

 

Ekvadorning Esmeraldas provinsiyasidagi «Fuqarolik inqilobi» so‘l siyosiy harakati yetakchisi Pedro Briones uyi yaqinida nomaʼlum kimsalar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda uning partiyadosh safdoshlari xabar berdi.

 

«Fuqarolik inqilobi» partiyasidan prezidentlikka nomzod Luis Gonsales marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. «Ekvador o‘zining eng qonli davrini boshdan kechirmoqda. Bu beparvo hukumat va mafiya tomonidan egallab olingan davlatning umumiy harakatsizligi tufayli yuz bermoqda. Men bu zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘lgan Pedro Brionesning oilasiga hamdardlik bildiraman», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter). 

 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin mamlakatda yana bir siyosatchi — “Saf” harakatidan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisenso o‘ldirilgandi. El Universo gazetasining yozishicha, Kitodagi saylovoldi uchrashuvidan so‘ng uning boshiga uch marta o‘q uzilgan. 

 

Maʼlumot uchun: 20 avgust kuni Ekvadorda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"